Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qoʻqon-1912” yana “Loko”dan ochko tortib oldi, bu natija “Paxtakor” foydasigami?!
21:25 / 2019-05-02

Bugun Oʻzbekiston superligasining 7-tur oʻyinlari davom ettirildi. Toshkentda mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” soʻnggi vaqtlarda oʻzi uchun noqulay raqibga aylanib borayotgan “Qoʻqon-1912” klubini qabul qildi.


Bugun Oʻzbekiston superligasining 7-tur oʻyinlari davom ettirildi. Toshkentda mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” soʻnggi vaqtlarda oʻzi uchun noqulay raqibga aylanib borayotgan “Qoʻqon-1912” klubini qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining keskin hujumlari bilan boshlandi va 4-daqiqadayoq hisob ochildi. Oʻng qanotdan Husniddin Gʻofurov boshlagan hujumni Temurxoʻja Abduxoliqov samarali yakunladi - 1:0.

Shundan keyin ham maydon egalari tashabbusni oʻz qoʻlida saqlab turdi va 28-daqiqada temiryoʻlchilar hisobdagi farqni oshirdi. Bu safar Temurxoʻja Abduxoliqovning pasidan keyin Diyorjon Turopov birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni 2:0ga yetkazdi. Koʻpchilik uchrashuv taqdiri hal boʻldi deb turgan bir paytda qoʻqonliklar darhol javob toʻpi kiritdi. Oradan ikki daqiqa oʻtar-oʻtmas Suhrob Berdiyevning jarimadan uzatgan toʻpini Oybek Rustamov darvozaga aniq yoʻlladi - 2:1.

Ushbu hisob oʻyinning asosiy vaqtida oʻzgarmadi. Oʻyindagi eʼtiborli voqealar hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtda sodir boʻldi. Davron Hoshimov oʻz jarima maydoni ichida Behruz Saʼdulloyevni yiqitdi va hakam Hasan Roʻziyev mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima belgiladi. Uni aniq amalga oshirgan “Qoʻqon-1912” aʼzosi Shahboz Erkinov jamoasiga qimmatli ochkoni taqdim etdi. 

DSC_8274-1848x1228.JPG

Taʼkidlash joiz bu hol qoʻqonliklar uchun yangilik emas. Oʻtgan yilgi superliga bahslarida ham “Qoʻqon-1912” Toshkentda temiryoʻlchilar bilan durang oʻynagan edi. 2015 yilgi mavsumda esa ular Qoʻqonda ham “Loko”dan ochko tortib olgan, natijada Vadim Abramov isteʼfoga chiqarilgandi. Bu safar ham qoʻqonliklar “Lokomotiv” muxlislarini ranjitdi. Umid qilamizki bu safar isteʼfo kuzatilmaydi. Andrey Fyodorov shogirdlari ochko yoʻqotishi ularning prinsipial raqibi “Paxtakor”ga qoʻl keladi.

Superliga, 7-tur

“Lokomotiv” - “Qoʻqon-1912” - 2:2 

Gollar: Temurxoʻja Abduxoliqov (4), Diyorjon Turopov (28) - Oybek Rustamov (30), Shahboz Erkinov (90+2 pen.).

DSC_8295-1848x1228.JPG

DSC_8346-1848x1228.JPG