Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qoʻl jangi ustalari Toshkentda bellashmoqda
18:40 / 2020-02-08

Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.


Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 900 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Chempionat ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va maʼnan sogʻlom inson etib tarbiyalash, Vatanimiz obroʻsini, xalqimiz gʻurur-iftixorini yana-da yuksaltirishning muhim omili boʻlgan sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Marosimda Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi tomonidan faxriy sportchilar, ustozlar va fidoyi murabbiylar taqdirlandi.

– Musobaqa ishtirokchilari yuqori tayyorgarlik koʻrganini dastlabki bahslarda koʻrdik. Ayniqsa Namangan, Jizzax, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻistondan kelgan sportchilar oʻrtasidagi raqobat keskin va murosasiz oʻtmoqda. Chempionatdan koʻzlangan maqsad terma jamoaga yangi nomlarni saralashdir, – dedi musobaqa hakami Husan Ergashev.

Oʻzbekiston chempionatining dastlabki kunida 16-17 yoshdagi qizlar oʻrtasida gʻoliblar nomi aniq boʻldi. Ushbu bahslarda Dilnavoz Karimova, Gulshoda Turgʻunboyeva, Sevinch Qoʻchqorova, Madina Mamajonova, Sevara Saʼdullayeva oltin medalni qoʻlga kiritdi.