Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizlarimizdan yirik g‘alaba, ammo u tatimadi
17:57 / 2019-04-09

Bugun ayollar o‘rtasida Tokio-2020 olimpiadasining 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.


Bugun ayollar o‘rtasida Tokio-2020 olimpiadasining 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Jumladan, Osiyo qit’asi “V” guruhi ishtirokchilari Toshkentda o‘zaro bahslashdi.

Poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi gonkonglik dugonalari bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda Bahodir Norsafarov shogirdlari yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo shunday yirik hisobdagi g‘alaba va ajoyib o‘yin ham muxlislarimizga tatimadi.

Sababi, guruhdagi parallel ravishda o‘tgan o‘yinda Vetnam ayollar olimpiya termasi bu safar ham g‘alaba nashidasini surdi. Ular iordaniyalik dugonalarini 2:0 hisobi bilan mag‘lub etdi va guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlashdi. Shu tariqa bizning guruhdan Vetnam terma jamoasi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Gonkongga qarshi o‘yinda qizlarimizdan Mahliyo Sarikova xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Lyudmila Karachik ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Yana bir to‘pni raqiblarimiz o‘z darvozasiga kiritib qo‘yishdi.

Tokio-2020, 2-saralash bosqichi

Gonkong ayollar OTJ – O‘zbekiston ayollar OTJ – 1:5. “Lokomotiv” stadioni

Gollar: Cheung Vai Ki (57) – Mahliyo Sarikova (31, 42, 80), Shin Chang (57, av.), L.Karachik (87)

ALM_2952-2208x1472.JPG

ALM_2981-2208x1472.JPG

ALM_2989-2208x1472.JPG

ALM_3006-2208x1472.JPG