Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizlar uchun keng imkoniyatlar
20:43 / 2023-10-10

11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Qizlar-millat tayanchi” shiori ostida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” nomli Respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin qizlar ishtirok etdi.

Forum doirasidagi tadbirlar "Yangi O‘zbekiston" bog‘i, Oliy Majlis Senati hamda Turin universitetida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, maktabgacha va maktab ta’limi vazirning o‘rinbosari Dilshod Kenjayev yurtimizda qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi tashabbuslar qamrovi kengayib borayotganini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11 oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” sifatida nishonlanmoqda.

Bu sana butun dunyoda qizlarning yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish va tahlil etish imkonini ham beradi.

Forum yakunida barcha sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Nazokat Usmonova,

O‘zA muxbiri