Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi
20:15 / 2023-06-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Qizlar ovozi” klubining hududiy koordinatorlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

“Qizlar ovozi” klubining faoliyatini keng targ‘ib etish va yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda “Qizlar ovozi” klubi faoliyatini mahallabay samarali tashkil etish”, “Gender tenglik: ayollarning ijtimoiy hayotdagi roli va maqomini oshirish, huquqlarini himoya qilish”, “Qizlarda ilg‘or, zamonaviy yetakchi obrazini shakllantirish” va “Qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish” mavzularida seminarlar bo‘lib o‘tdi.  

Shuningdek, “Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari ishtirokida "Yoshlarbop formatda foydali kontentlar yaratish”, “Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida yosh tadbirkor xotin-qizlarning tutgan o‘rni” va “Qizlarning ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishlariga ko‘maklashish” kabi o‘quvlar tashkil etildi.  

O‘quv seminarlari davomida koordinatorlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, munozara turniri tashkil etildi.

Seminar yakunida “Qizlar ovozi” klubining respublika koordinatorlari saylanib, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA