Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizlar futbol maydonida bellashdi
15:16 / 2026-02-07

Shu kunlarda Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun mini futbol musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar o‘rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish, sport tadbirlarini tashkil etish orqali sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. 

Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan vazir kubogi musobaqalarida umumta’lim maktablarining 7-11 sinf qizlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. 

Mazkur musobaqaning Paxtaobod tuman bosqichi ham yuqori ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tdi.

Dastlab hududiy saralash bosqichlari o‘tkazildi, ana shu musobaqalarda tumandagi 51 ta umumta’lim maktabining qizlar jamoasi ishtirok etdi. Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar musobaqaning tuman bosqichida qatnashdi.  

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 34- umumta’lim maktabi qizlar jamoasi 1- o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi. 

Tuman bosqichida ikkinchi o‘rin 15-, uchinchi o‘rin esa 12- umumta’lim maktablari jamoalariga nasib etdi. 

Tuman bosqichi g‘oliblari, turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan futbolchi qizlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi, sport ishlari bo‘limlari tomonidan  munosib rag‘batlantirildi. 

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto), O‘zA