Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qizlar akademiyasi" platformasi bilan hamkorlikda qizlar uchun kouch-sessiya tashkil etildi
15:58 / 2025-12-25

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ayollarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi. Ularning ta’lim olishi va jamiyatdagi mavqeini oshirish maqsadida qator tashabbuslar ilgari surilib, amaliyotga tatbiq etildi.

Xususan, alohida ta’limga ehtiyojmand ayollar uchun ham inklyuzivlikni ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv xabda "Qizlar akademiyasi" platformasi bilan hamkorlikda qizlar uchun kouch-sessiya tashkil etildi.

Tadbirda zamonaviy karera yo‘nalishlari, moslashuvchan bandlik shakllari, jumladan frilans va masofaviy ish, IT, raqamli va ijodiy sohalarda talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar, shuningdek, yozma muloqotga asoslangan kasblar, kasbiy rivojlanishning asosiy omillari sifatida ko‘nikmalar va amaliy tajribaning o‘rni, shaxsiy brendni shakllantirish va professional platformalar, kasb tanlashga ongli yondashuv va mehnat bozoriga kirish nuqtalarini izlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbir orqali bir qancha g‘oyalar o‘zining amaliy yechimini topishi maqsad qilingan.

Sherbek Islomov,

O‘zA