Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qizlar akademiyasi” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi
15:47 / 2024-12-23

Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Qizlar akademiyasi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida loyihaning asosiy maqsadi va bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. 

Ushbu loyiha platformasi 2024 yil oktyabr oyida sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida 210 mingdan ortiq ayol-qizlarni bilim olish va o‘z salohiyatini rivojlantirish maqsadida birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.  

Platforma orqali chekka hududlarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik, shaxsiy salomatlik, psixologiya, huquqiy savodxonlik va IT sohasida zamonaviy kasblarga onlayn tarzda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.  

Shuningdek, tadbir doirasida jadid ayollarimiz Maryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonova hayoti va faoliyati haqida kichik sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Ushbu sahnalar tarixiy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qildi.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA