Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziriqda ruxsatnomasiz qurilayotgan ob’ekt aniqlandi
13:09 / 2021-06-21

Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Qurilish vazirligi o‘rtasida jamoatchilik monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi o‘zaro hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan va qurilish ishlari olib borilayotgan ob’ektlarni o‘rganmoqda.

Qiziriq tumanida o‘tkazilgan monitoring chog‘ida xususiy tadbirkor M.Bekmurodovning Zarbdor mahallasida barpo etayotgan avto-servis binosi ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida tadbirkor inshootning loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasini jamoatchilik monitoringini o‘tkazayotgan xodimlarga taqdim etmadi. Qurilishi tugallanmagan mazkur ob’ektda shlakoblokdan g‘isht terilib, birinchi qavatning tom qismi yopilgan. Viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi ma’lumotnomasiga ko‘ra, ushbu bino inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmagan. Shuningdek, qurilish ishlarini boshlashga ham tegishli ruxsatnoma berilmagan.  

O‘zboshimchalik bilan qurilishi boshlangan binoda anchagina ish bajarilgan bo‘lsa-da, biroq uning hozirgacha amaldagi qonunlarimizga muvofiqlashtirilmagani ajablanarlidir.  

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilib, masalaning yechimini topish chorasi ko‘rilmoqda.  

 

Munisa G‘affarova,  

Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  

hududiy birlashmasi matbuot kotibi.

O‘zA