Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi foydalanishga topshirildi
13:54 / 2024-03-13

Surxondaryo viloyatida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ta’mirlangan Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda qishloq va suv xo‘jaligi kabi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan tarmoqlarda professional ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda qilingan ishlar namoyish etildi.    

Bugungi kunda Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumida 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Texnikumda 17 ta maxsus kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan keng qamrovli o‘quv dasturlari kiritilgan.    

Muassasa qishloq xo‘jaligi traktorlari va agregatlari, AKT uskunalari va muzlatgichlar kabi muhim resurslar bilan jihozlandi.    

Tadbir ishtirokchilari uchun kollej bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari, jihozlar va bu o‘zgarishlardan bevosita bahramand bo‘layotgan o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qilindi.    

Ma’lumot uchun, 2020-yildan buyon YUNESKO Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida professional ta’limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.  

Strategiya boshqaruv va siyosatni isloh qilish, kvalifikatsiyani modernizatsiya qilish va sifatli professional ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA