Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziqarli multimedia yaratish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish
14:38 / 2021-05-22

Urganchda ana shu mavzuda Qoraqalpog‘iston respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Media-maktab tarzida tashkil etilgan o‘quv-jarayonlari “Yuksalish” umumilliy harakati tomonidan Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi.

– Uch kun davomida zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining trenerlari tomonidan multimedia vositalaridan foydalangan holda auditoriya uchun qiziqarli kontent yaratish, SMM-faoliyat va uning bazaviy tushunchalari, vizualizatsiya vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritish, infografikalar yaratish va boshqa mavzularda ham o‘quv ham amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdim, – deydi Xorazm teleradiokompaniyasi muharriri Suhbatbek Matkarimov. – Media-maktabda olgan bilimlarimdan foydalanib mustaqil ravishda mahalliy jamoalar, o‘z hamkasblarim uchun individual darslar o‘tkazmoqchiman.

Mazkur treningni tashkil qilishdan maqsad ham hududlarda OAV vakillarini qo‘llab-quvvatlash, jurnalist va blogerlarning ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli va qiziqarli kontent yaratish bo‘yicha salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalar, dasturiy ta’minot to‘plamlaridan foydalangan holda ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish (infografikalar tayyorlash)ga, materiallarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA