Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltog‘da madaniyat saroyi ochildi
21:54 / 2023-09-23

Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasidagi "Chotqol" madaniyat saroyi binosi "Olmaliq KMK" AJ homiylik mablag‘lari hisobidan zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning aprel oyida mukammal ta’mirlash ishlari boshlangan edi. Qisqa muddatda ushbu binoda barcha sharoit yaratildi. 

Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tuman faollari ishtirok etdi.

Ramziy lenta qirqilib, madaniyat saroyi rasman ochildi.

“Chotqol” madaniyat saroyi hovlisiga ajoyib favvora o‘rnatildi. Ob’ektning tom qismidagi shiferlar profnastilga almashtirilgan. Fasad qismi va xonalar suvoqdan chiqarilib, pardoz ishlari amalga oshirilgan. Eski turdagi oynalar o‘rniga plastik romli oynalar o‘rnatilib, isitish tizimi ham to‘liq yangilangan. Binoning tungi yoritish tizimi energiya tejamkor chiroqlar bilan jihozlandi.

Madaniyat saroyida 1 ta katta tomoshalar zali bo‘lib, u 336 o‘ringa mo‘ljallangan. Shuningdek, zamonaviy kutubxona, badiiy to‘garaklar uchun xonalar mavjud. U musiqa asboblari, musiqiy markazlar hamda ko‘chma sahnalar bilan ham ta’minlandi.

Ikkinchi qavat esa zamonaviy usulda bezatildi. Mazkur binoning ta’mirlash ishlari va jihozlashga jami bo‘lib 12 milliard so‘mlik mablag‘ sarflandi.

Tadbir ishtirokchilari Madaniyat saroyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, hududda 2022-2023 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish uchun 48 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shu paytgacha Prezidentimizning aynan Qiziltog‘ shaharchasiga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli yo‘naltirilgan infratuzilmaviy investitsiyalar hisobidan 7 ta ijtimoiy soha ob’ekti, jumladan, 56-maktab to‘liq rekonstruksiya qilindi. 

[gallery-13702]

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga qarashli stadion qayta ta’mirlandi. Mazkur stadion uchun yotoqxona binosi qurildi. Mazkur majmualarda yoshlar uchun barcha qulaylik mavjud. 

Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning tashabbusi bilan Qiziltog‘ shaharchasidagi bunyodkorlik ishlari kelgusi 2024-2025 yillarda ham davom ettiriladi. Hududning infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash uchun yana 207 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. 

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/V6iJBZilR3Q" title="Қизилтоғда маданият саройи очилди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

A.Musayev, D.Ernazarov,(surat),
O‘zA muxbirlari.