Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltepada yangi maktab binosi ochildi
18:33 / 2023-09-04

Yangi o‘quv yilini Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari yangi qurilgan zamonaviy binoda boshlashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, barchani qo‘shaloq bayram bilan tabrikladi va tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, o‘qituvchilar maqomini yanada oshirish, ular uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, ustozlar va ularning shogirdlari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida to‘xtaldi  

Ixtisoslashtirilgan maktabda 10,5 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 306 nafar o‘quvchiga 41 nafar pedagog dars beradi. Joriy yildagi maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha tumanda 1-o‘rinni egalladi.  

[gallery-13449]

– Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘rtasida respublika Ishchi guruhi tomonidan olinadigan choraklik baholash sinov natijalariga ko‘ra maktabimiz o‘quvchilari birinchi o‘rinni egallagan edi, – deydi maktab direktori Mehriniso Xolova. – Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan STEAM fan olimpiadasida maktabimizning 5 nafar o‘quvchisi faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, SEAMO - 2022 Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasida faol ishtirok etgan o‘quvchimiz Namozova Nozima faxrli 1-o‘rinni, Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada Karimov Muhammadali faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Bugungi kunda tumanda 43 ta ta’lim muassasasi bo‘lib, ularda 23 ming 800 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularning 2645 nafari maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘g‘il-qizlar bo‘lsa, 1529 nafari 11-sinf o‘quvchilaridir.  

– 2022-2023 o‘quv yilida 270 nafar chet tili fani o‘qituvchilaridan 245 nafar, ona tili va adabiyot, informatika va axborot texnologiyalar, matematika, kimyo, tarix, rus tili fanlaridan 227 nafar pedagoglarimiz xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi, – deydi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Uyg‘un Kamolov. – 2022-2023 o‘quv yilida maktabni bitirgan 1437 nafar o‘quvchining 780 nafari yoki 54 foizi turli oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi. Bu ham keyingi yillarda tumanimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor natijasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Barcha ta’lim muassasalarida ilk darslar “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA