Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltepada yangi korxona ish boshladi
20:26 / 2023-09-09

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Malikobod” mahallasida xorijiy hamkor – tadbirkor S.Yeritsyan tomonidan qurilish va sanoat qo‘lqoplarini ishlab chiqaruvchi “SVS Navoiy” MCHJ xorijiy korxonasining 1-bosqichi ishga tushirildi.

Korxonaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xususan, xorijiy investorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi natijasida zamonaviy, innovatsion va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangidan-yangi loyihalar amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlashdi.  

[gallery-13519]

– Bu yerda asosan qurilish uchun polivinilxlorid va lateks qoplamali paxta qo‘lqoplari ishlab chiqariladi, – deydi korxona rahbari Qudrat Jumaboyev. – Loyihamizning umumiy qiymati 10 million dollar bo‘lib, uskunalarimiz Xitoy davlatidan olib kelingan. Yillik ishlab chiqarish quvvati esa 50 ming donani tashkil etadi. Mahsulotlarimiz asosan Rossiya davlatiga eksport qilinadi. Yiliga 4 million 313,8 ming dollar miqdorida mahsulot eksport qilishni rejalashtirganmiz.  

Ayni paytda zavodning 1-bosqichi ishga tushishi munosabati bilan 70 nafar mahalliy yosh ishga joylashgan bo‘lsa, zavod to‘liq quvvatlarda ish boshlagandan keyin 700 nafar kishining bandligi ta’minlanadi.    

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat),  

O‘zA muxbirlari