Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltepada ilk xususiy maktab ochildi
10:33 / 2025-08-29

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining So‘fiyon mahallasida Oybek Murodov boshchiligidagi “Bibirajab aya vorislari” MCHJ tomonidan tashkil etilgan “Parvoz” xususiy maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritib, hududlarda xususiy maktablar faoliyatining yo‘lga qo‘yilayotganligi ana shu islohotlarning samarasi ekanligini ta’kidlashdi.  

– Maktabimiz 240 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, darslar bir navbatda olib boriladi, – deydi Oybek Murodov. – O‘qituvchilarimiz va o‘quvchilarimiz saralab olindi. Turmush o‘rtog‘im ham o‘qituvchi, ingliz tili fanidan o‘quvchilarga saboq beradi. Maqsadimiz qishloq hududida sifatli va zamonaviy sharoitga ega ta’limni yo‘l qo‘yishdan iborat. Maktablarda bir sinfda 30-35 nafar o‘quvchi bo‘lsa, bizda 20 ta o‘quvchi ta’lim oladi. Kelgusida xalqaro IELTS imtihonlarini ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Buning uchun eng so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalarini sotib oldik. Maktabimiz yonida esa xususiy bog‘cha ham ochish rejasi ham bor.  

Loyiha qiymati 7 milliard so‘m bo‘lgan “Parvoz” xususiy maktabida o‘quvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan bo‘lib, ingliz va rus tillari chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri