Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltepa tumanida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi
12:06 / 2022-05-06

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi Ulug‘bek Fayziyev Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbari Baxtiyor Umarov va Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatidan kelgan va ayni paytda markazda faoliyat olib borayotgan kardiojarroh Aleksey Zubritskiy bilan uchrashdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ixtisoslashtirilgan markazlarning chuqurlashtirilgan tekshiruvlarini mobil shaklga o‘tkazib, tuman va mahallalar kesimiga tushirish orqali aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama etilgan.

Shuningdek, hamkorlikda Qiziltepa tumanida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari, jumladan, kardioxirurgiya, travmotologiya, neyroxirurgiya, bolalar kardioxirurgiyasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA