Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizilravotda oilaviy shifokorlik punkti ish boshladi
09:50 / 2023-05-26

Buxoro viloyati Romitan tumani “Qizilravot” aholi maskanida “Qizilravot” oilaviy shifokor punkti yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. 800 nafarga yaqin qozoq millatiga mansub aholi yashayotgan mahalla ahli tibbiyot maskani barpo etilishidan juda mamnun.

Maskanning ochilish marosimida tuman hokimi Umidjon Barnoyev mamlakatimizda keyingi yillarda aholi sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani, shunga ko‘ra aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati tobora yuksalib borayotganini ta’kidladi.

“Qizilravot” oilaviy shifokorlik punkti mudirasi Nasiba Miltiqboyeva shunday shinam maskan qurib berilgani uchun Prezidentimizga ovul ahli nomidan minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng bir guruh shifokorlarga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Ma’lumot uchun, sobiq qishloq vrachlik punkti binosi o‘rnida qad rostlagan mazkur inshoot uchun 1 milliard 439 million so‘m mablag‘ ajratildi. “Fathvalite bulding” MCHJ qurilish tashkiloti tomonidan yangidan bunyod etildi. 

Shu tariqa bu yerda yashovchilar umumiy amaliyot shifokori, patronaj xizmati, tug‘ish yoshidagi ayollar hamda homilador va tug‘uruqdan keyingi doya, laboratoriya xizmatidan foydalanish, muolaja davrida bir necha xil turdagi dori vositalarini bepul olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shifo maskani zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Zarif Komilov, O‘zA