English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizilqum sahrosi mo‘jizalari
15:35 / 2021-10-21

Qizilqum cho‘li tabiati o‘ziga xos bo‘lib uning asosiy qismini baland va o‘rtacha tekislikdagi qumlar tashkil qiladi. Hududning okean sathidan balandligi 80-200 metr atrofida.

Qizilqum iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq quyoshli va quruq bo‘ladi. Cho‘lning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligidan Arktika va Sibir tomonlardan keladigan sovuq havo massasi ta’sirida ancha salqin bo‘ladi. Qish paytida havo harorati minus 31, 33 darajagacha pasayib ketadi. Yozda esa harorat 48 daraja issiq bo‘ladi. Lekin qumlarning usti +75, +80 darajagacha qiziydi. Bu yerda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Bepoyon Qizilqum cho‘li bo‘ylab ketarkansiz, har joylarida baland-baland qumtepaliklar ko‘zga tashlanadi. Ushbu tepaliklar ayniqsa, quyosh botayotgan vaqtda o‘ziga xos go‘zallik ila tuyishingiz mumkin.

[gallery-4344]

Cho‘lda saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, selin, kavrak, yulg‘in kabi qurg‘oqchilikka chidamli tabiiy o‘simliklar o‘sadi. Shuningdek, bu joylarda cho‘l mushugi, bo‘ri, tulki, kiyik, quyon, toshbaqa, chayon, qum sichqoni, kaltakesak, oq ilon, qora qurt kabi hayvon va jonzotlarni uchratish mumkin.

 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA