Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qizilqum” O‘zbekiston kubogida ham g‘alabali yurishini davom ettirdi
08:35 / 2021-08-19

Navoiyning “Qizilqum” klubi O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi bilan bahs olib bordi va g‘alaba qozondi.

O‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq har ikkala jamoa o‘yinchilari hujumga o‘tdi. Uchrashuvning 12-daqiqasi g‘uzorliklar uchun omadli yakunlandi. Raqib jamoa futbolchisi Ma’ruf Jumayev g‘uzorliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shundan keyn navoiyliklar hujumga asosiy e’tiborni qaratdi. Ammo barcha urinishlar besamar ketdi. Raqib jamoa himoyachilari va darvozabon aniq harakat qildi va 1-bo‘limdagi ustunlikni saqlab qoldi.

2-bo‘limda “Qizilqum” o‘yinchilari hujumda faol bo‘ldi. Natijada o‘ylangan kombinatsiyalar o‘z samarasini berdi. “Qizilqum” hujumchisi Islom Kenjaboyev 5 daqiqa ichida – 56- va 61-daqiqalarda raqib darvozasiga 2 ta to‘p kiritib, navoiyliklar g‘alabasini ta’minladi – 1:2.

Yakunda “Qizilqum” “Sho‘rtan”ni mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA