Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qizilqum ohanglari – 2025” an’anaviy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
12:31 / 2025-11-25

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Qizilqum ohanglari – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tasarrufidagi barcha madaniyat maskanlari ijrochilari, ijodiy jamoalari, yosh iste’dodlar va mahoratli ustozlar ishtirok etdi. 

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlab an’anaviy cholg‘ular ansambllari va sozandalarning 10 ta, katta va kichik yosh toifasidagi xonandalarning 15 ta chiqishi tinglandi. Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar bastakorlar ijodidan bittadan asar ijro etib, o‘z mahoratlarini namoyish qildi.

Barcha ijrochilarning chiqishlari O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov rahbarligida tajribali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, an’anaviy cholg‘ular ansambli yo‘nalishida “Farhod” madaniyat saroyining “Saraxbor” maqomchilar ansambli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, kichik yosh toifasida “Uchquduq” madaniyat saroyi ishtirokchisi Azizbek Isomiddinov, katta yosh toifasida esa “Zafarobod” hududiy boshqarmasining Paxtachi tumani “Shodlik” klubi a’zosi Marjona Otaqulovaga teng keladigan ishtirokchi topilmadi.

Tanlov so‘nggida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Do‘stlik oqshomi” musiqiy kechasi tashkil etildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri