FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Mingbuloq tumanida bo‘lib, Qizilqum mahallasida «Obod ko‘cha, obod xonadon» dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastur ijrosi doirasida hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, hozirga qadar 2,5 milliard so‘mlik 13,7 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 393 xonadonga suv hisoblagichlar o‘rnatildi. Shuningdek, 2023 yil birinchi yarmida suv inshootlari to‘la ta’mirlandi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida joylarga beton tayanch ustunlar va 1 ta transformator o‘rnatildi. 3,7 kilometr elektr tarmoq, 1 ta transformator mukammal ta’mirlandi. Shu bilan birga, 168 ta aholi xonadonida gaz jihozlari joriy ta’mirlandi. Moslashtirilgan hudud bo‘lganligi sababli 1,2 kilometr gaz tarmog‘i demontaj qilindi. Jami 3 kilometr uzunlikda optik tolali aloqa tarmog‘i tortilishi evaziga 40 ta xonadon internet xizmatiga ulandi.
[gallery-13010]
Ayni paytda mahallaning 9,5 kilometr ichki qismi to‘liq asfaltlanmoqda.
- Barcha ko‘chalar asfaltlanadi, - dedi viloyat rahbari aholi bilan muloqot chog‘ida. - Mahalla uchun yangi bino, sport maydonchasi, onalar va bolalar xiyoboni barpo etiladi. Mahalla tamoman yangi qiyofa kasb etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA