Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qizilqum javohirlari” muxlislarga manzur bo‘ldi
23:25 / 2024-05-03

Toshkent shahridagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyida Navoiy kon-metallurgiya kombinati madaniyat muassasalari badiiy jamoalarining “Qizilqum javohirlari” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda ushbu kombinat o‘zining 6 ta madaniyat muassasasiga ega bo‘lib, ular tasarrufida 113 ta to‘garak va 68 ta ansambl faoliyat olib bormoqda. Ularda 4 ming nafardan ziyod yoshlar, konchilar farzandlari madaniyat va san’at yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini oshirmoqda. O‘zining mustahkam bazasiga ega ushbu muassasalarda tarbiya topayotgan iste’dodlar bugun respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarga erishib kelmoqda.

Ushbu madaniyat muassasalarida faoliyat olib borayotgan 25 ta ijodiy jamoa “Xalq” va “Namunali” faxriy unvonlariga, 8 nafari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati mukofotini, ko‘plab ishchi-xodimlar, solistlar va ishtirokchilar “Do‘stlik” ordeni, "Nihol" davlat mukofoti, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak belgisi faxriy unvonlariga, “Shuhrat” medali, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 

NKMKning eng yaxshi ijodiy jamoalari ommaviy Davlat bayramlarining doimiy ishtirokchilari hisoblanadi. 

Iqtidor sohiblarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va estrada, folklor, maqom yo‘nalishlarida o‘tkazilib kelinayotgan “Qizilqum san’at g‘unchalari”, “Qizilqum ovozi”, “Qizilqum ohanglari”, “Oltin meros” kabi an’anaviy tanlovlar bu maskanlarda tarbiya topayotgan yoshlar iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, NKMK madaniyat muassasalari qator yillardan buyon Toshkentning ko‘rkam “Xalqlar do‘stligi va “Turkiston” san’at saroylarida konsert uyushtirib, muxlislar oqishlariga sazovor bo‘lib kelayotgan edi. Yaxshi an’ana pandemiya sababli ma’lum bir vaqtga uzilib qolgan edi.

Poytaxtimiz san’atsevar ahliga mazkur kombinat madaniyat va san’at xodimlarining katta dasturdagi konserti namoyishi yana yo‘lga qo‘yildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati madaniyat muassasalari va ularning badiiy jamoalari poytaxtliklarni o‘zlarining qiziqarli musiqiy dasturlarni san’ati bilan xushnud etish, jozibali kuy-qo‘shiqlarini armug‘on qilish maqsadida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyida “Qizilqum javohirlari” nomli konsert dasturini namoyish etdi. 

Konsert dasturidan joy olgan turli tillardagi kuy-qo‘shiqlar, dilrabo raqslar ishtirokchilar qalbida yaxshilik, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlarni o‘yg‘otib, barchaga manzur bo‘ldi.

Konsert dasturining ochilish marosimida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov va boshqalar san’atning o‘rni va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Konsert dasturi muxlislarga juda manzur bo‘ldi.

N.Usmonova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA