Qizilo‘ngach reflyuksi kasalligi bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan ovqat hazm qilish tizimi muammolaridan biri hisoblanadi.
Kasallik asosiy alomati jig‘ildon qaynashi bo‘lsa-da, bemorlarda og‘izda achchiq yoki nordon ta’m sezilishi, yutishda qiyinchilik, ko‘krak qafasida og‘riq va quruq yo‘tal kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.
Bunday hollarda alomatlarni beparvo qoldirish yaramaydi, chunki ular asta-sekin qizilo‘ngach shilliq qavatida yallig‘lanish va eroziyaga olib kelishi mumkin. Davolashsiz qolgan kasallik esa Barrett qizilo‘ngachi kabi xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi va hatto qizilo‘ngach saratoni rivojlanish xavfini oshiradi.
Davolashsiz qolgan kasallik esa Barrett qizilo‘ngachi kabi xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi va hatto qizilo‘ngach saratoni rivojlanish xavfini oshiradi.
Milliy tibbiyot markazi Endovizual jarrohlik bo‘limi shifokori, jarroh — Hamidbek Rasulov kasallikning kelib chiqishi sabablari, davolash va uning oldini olish choralari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/ZwXiTNq_Lxk" title="Qizilo`ngach reflyuksi rakka olib keladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA