Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizilcho‘l zotli qoramollarning yangi liniyasi yaratildi
09:51 / 2021-12-17

O‘tayotgan yil veterinariya va chorvachilik sohasidagi qator yangiliklar va kashfiyotlar bilan esda qoladigan bo‘ldi.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan bir qator yangi ixtirolar amaliyotga tatbiq etildi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati yurtimiz olimlari tomonidan yaratilgan qator ixtiro va ishlanmalar xususida xabar berdi.

Xususan, bu yil chorvachilik seleksiyasida ilk bor qizilcho‘l zotli sigirlarning yangi oilalariga asos solindi: zotning 2 ta yangi liniyasi va 10 ta sermahsul sigirlar oilasi yaratildi.

Birinchi marta ona asalarilarni sun’iy usulda urug‘lantirish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Hisor va jaydari zotli qo‘ylarni chatishtirish natijasida zot ichida yaxshilangan duragay tipi yaratildi.

Sibir osyotri baliqlaridan mahalliy sharoitda sun’iy urchitish orqali urug‘lik (ikra) olindi.

Karp baliqlaridan yopiq aylanma suv tizimida qish oyida sun’iy usulda urug‘ (ikra) olishga erishildi.

Xorijdan keltirilayotgan naslli qoramollarni karantin va parvarishlash davrida leykoz kasalligiga diagnostika qiluvchi mahalliy IgG antitelolarni aniqlovchi “Leykoz IgG–IFA” immunoferment tahlil reagentlari jamlanmasi yaratildi. Reagentlarning tajriba namunalari diagnostik laboratoriya sinovida samarali natija ko‘rsatdi.

 

O‘zA