Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizil yarim oy jamiyati aholining yaqin ko‘makchisi (+video)
18:51 / 2021-08-19

Navoiy shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari va do‘stlik uyi”da Qizil yarim oy jamiyati Navoiy viloyat tashkilotining 2020 yil davomida va 2021 yil 6 oyida olib borgan ishlari tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati dunyo bo‘ylab 188 ta milliy jamiyatni birlashtiruvchi Xalkaro Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining 165-teng huquqli a’zosi hisoblanadi.

– Hozirgi kunda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati shahar va tuman bo‘linmalari tomonidan tashkilot, korxona va muassasalarda QYAOJning 57 ta boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan bo‘lib, 80 930 nafarga yaqin a’zolarni birlashtirgan hamda mingdan ziyod ko‘ngillilar yordam berib kelmoqda, – deydi jamiyat viloyat tashkiloti raisi Marianna Bahriyeva. – Navoiy shahridan “Turon” va “Oltin vodiy”, Zarafshon shahridan Alisher Navoiy va “Bahor” mahallalari tajriba tariqasida tanlab olinib, “Mahalla fuqaro muhofazasi” markazi tashkil etildi Ayni paytda ularda favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar amalga oshiriloqda.

[gallery-3492]

Ma’lum qilinishicha, Xitoy Xalq Respublikasi Qizil Xoch jamiyati va O‘zbekiston QYAOJ hamkorlikda “Tabiiy ofatlarda boshqarish” grant loyihasi doirasida viloyatda 4 ta mahalla, 4 ta maktab va 4 ta maktabgacha ta’lim muassasasida favqulodda vaziyatlar va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv tashkil etilib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshirilgan hamda favqulodda holatlar sodir bo‘lganda eng zarur bo‘ladigan buyumlar tarqatilgan.

Tashkilot tomonidan muntazam ravishda 114 nafar yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironlar hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, insonparvarlik yordamlari ko‘rsatilmoqda va “Mehr-shafqat” xizmati hamshiralari tomonidan nazoratga olingan.

2020 yil 19 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, viloyat bo‘yicha 10 mingdan ziyod niqob, 3185 dona sanitariya-gigiyena mahsuloti, 20 mingdan ortiq informatsion material tarqatildi. 2500 nafar fuqaroga moddiy, ijtimoiy-maishiy yordamlar ko‘rsatildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/g5hiwf_0GBE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

– Xalqaro Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyati va O‘zbekiston QYAOJ ko‘magida viloyatdagi o‘ta og‘ir muhtoj oilalardan 2020 yilning noyabr oyida 176 nafar fuqaroga, 2021 yilning aprel oyida esa 200 nafar fuqaroga jami 210 million so‘m moddiy yordam tariqasida o‘tkazib berildi, – deydi M.Bahriyeva. 

– Bundan tashqari pandemiya vaqtida davlat korxonalariga ham yaqindan yordam berish va moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston QYAOJ ning tashabbusi bilan “COVID-19”ning oldini olish va samarali yordam ko‘rsatish maqsadida viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 30 million so‘mlik jihozlar olib berildi. Shuningdek, Navoiy shahridagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironlar va surunkali kasalliklari bo‘lgan 150 nafardan ziyod fuqaroga Navoiy shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan 70 nafar ko‘ngilli jalb qilinib, sog‘ligi mustahkamlandi.

Pandemiya sababli oilaviy ahvoli nochor holga kelib qolgan va viloyat QYAOJ ga moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan 4 nafar fuqaroga Navoiy kon-metallurgiya kombinati homiyligida nogironlar aravachasi taqdim etildi.

Zarafshon shahar, Nurota va Konimex tumanlarida hozirgi kunda 4 ta «Yoshlar bilan ishlash markazi», 11 ta yoshlar klubi va mingdan ortiq ko‘ngillilar o‘zlarining beg‘araz yordamlarini ko‘rsatib, faoliyat olib bormoqda.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA