Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qizil kitob” ga kiritilgan ikkita jayron otib oʻldirilgan
10:51 / 2023-07-11

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining bioxilma-xillikni asrash, raqamlashtirish, kadastrini yuritish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan ishlash boʻlimi, viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Boshqarma axborot xizmatining maʼlum qilishicha, reyd tadbiri davomida Navbahor tumani hududidan oʻtuvchi A-379 yoʻlining 3-4 kilometrida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda, mashina yukxonasida 2 dona otilgan Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob” ga kiritilgan jayron borligi aniqlangan. 

Tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borish jarayonida ushbu jayronlar Samarqand viloyati Narpay tumani Boltali qishlogʻida yashovchi fuqarolar Q.Sh. va Q.F. larga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ravishda ovlanganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, 33 million soʻm tabiatga yetkazilgan zarar aniqlandi hamda fuqaro boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qoʻyildi. Ov qurollari esa saqlash uchun Navoiy viloyati IIB ga yuborildi. 
Fuqarolarning xatti-harakatiga baho berish uchun toʻplangan hujjatlar prokuratura organiga yuboriladi. 

A.Boʻriyev, 

OʻzA