Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizib ketmaydigan telefonlar davri yaqinlashmoqda
09:46 / 2025-09-19

Bugungi kunda telefon, noutbuk va planshet kabi elektron qurilmalardan keng foydalaniladi. Ammo ularning aksariyatida uchraydigan muammolardan biri ishlash jarayonida tezda qizib ketishidir.

Xo‘sh, qurilmalar nima uchun qiziydi? Qurilma ishlayotganda ichida elektronlar oqadi, shuning uchun ular bir-biriga to‘qnashib, issiqlik chiqaradi. Natijada telefon yoki kompyuterning quvvati tez tugaydi, ishlashi sekinlashadi, ba’zida esa qo‘lda ushlab turishning o‘zi qiyin bo‘lib qoladi.  

Bugungi kunda olimlar mazkur muammoni hal etishga qaratilgan yangi texnologiya ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Unga opto-eksitoniyal kalit nomi berilgan. Oddiy qilib aytganda, bu tizimda elektronlar o‘rniga neytral zarralar — “eksitonlar” ishlatiladi. Eksitonlar ham signalni uzata oladi, lekin elektr energiyasi olib yurmagani uchun issiqlik chiqarmaydi.  

Mutaxassislarning fikricha, ushbu yangilik amaliyotga tatbiq etilgach, gadjetlar qizimaydi, qurilmalarning ishlash muddati uzayadi hamda katta hajmda elektr quvvati tejaladi.

“Live Science” internet nashri xabariga ko‘ra, texnologiya hozircha laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda. Mutaxassislarning taxminicha, opto-eksitoniyal kalit yaqin kelajakda kundalik hayotga tatbiq etilishi mumkin.

<iframe width="231" height="412" src="https://www.youtube.com/embed/fA7sgmLxddg" title="Qizib ketmaydigan telefonlar davri yaqinlashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Marhabo Hojiakbarova, O‘zA