Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizamiqqa emlanish bo‘yicha fuqarolar murojaatlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi 
11:40 / 2024-02-10

Kuz-qish mavsumlarida qizamiq kasalligi bilan kasallanish holatlari ko‘paydi. Ushbu vaziyatda ayrim fuqarolarimiz yuqumli kasalliklarga qarshi emlash amaliyotini davlat tibbiy muassasalaridan ko‘ra xususiy klinikalarda o‘tkazishni afzal ko‘rishyapti.

Bu esa ortiqcha xarajat va noqulayliklarni yuzaga keltirishi, qolaversa, ba’zida emlashdan keyingi nojo‘ya ta’sirlarning mavjudligi masalalari ko‘plab fuqarolar, jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. 

Bu borada O‘zbekiston "Adolat" SDP faollari va deputatlarining joylarda olib borilgan o‘rganishlari va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari tomonidan mas’ullarga mavjud holat bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish va izoh berilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi. 

Bu haqda O‘zbekiston “Adolat” SDP matbuot xizmati O‘zAga xabar berdi. 

M.Komilova, O‘zA