Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizamiq va qizilchaga qarshi emlash ishlari boshlanadi
10:36 / 2022-11-07

Sirdaryoda 6 oylik chaqaloqlar va undan yuqori 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ommaviy qizamiq va qizilchaga qarshi emlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tizimda faoliyat olib borayotgan epidemiolog shifokorlar, shifokor yordamchilari hamda immunoprofilaktika bo‘lim mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.    

Seminarda immunizatsiya jarayonlaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Jarayon haqida aholiga mahallabay yurish orqali tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi.    

Joriy yilning 20 noyabr sanasida barcha emlash punktlarida qizamiq va qizilcha kasalligiga qarshi 6 oylik chaqaloqlar hamda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ommaviy emlash jarayonlari boshlanishi ma’lum qilindi.  

 

O‘zA