French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiymati 650 million so‘m bo‘lgan yaroqsiz dori vositalari yo‘q qilindi
15:57 / 2021-08-12

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan sud hujjatlariga asosan, sifatsiz, muddati o‘tib ketgan, iste’molga yaroqsiz holga kelib qolgan oziq-ovqat, dori mahsulotlarini yo‘q qilish bo‘yicha muayyan olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, sudlar tomonidan taqdim qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning tegishli bandlariga asosan, sifati kafolatlanmagan va iste’molga yaroqsiz bo‘lgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Andijon viloyati boshqarmasi hamda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Andijon “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati omborxonasida saqlanayotgan, jinoyat ish materiallari bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan 10 000 dona “Lyeykoplastir” tibbiy vositasi, 427 quti “Kyeto powyer”, 1 ming 805 quti “Yerovir”, 428 quti “Skinni six”, 248 quti “Otorin”, 1 ming 327 quti “D-vision” deb nomlanuvchi va boshqa dori vositalari sifati kafolatlanmaganligi uchun “Ekotibbiyot” xususiy korxonasiga qarashli qurilish chiqindilari poligonida tashkil etilgan kuydirish pechida yo‘q qilindi.

Hech bir tadbirkor, ayniqsa, pandemiya sharoitida yaroqsiz holga kelib qolgan yoki sifatsiz dori vositalari sotilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.  

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA