Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, tovar-moddiy boyliklar yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelishining oldini olish borasida keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy” bojxona postida navbatdagi qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.


Unga ko‘ra, bojxona postiga xorijdan keltirilgan, hujjatlarga ko‘ra "lift uchun ehtiyot qismlari” deya ko‘rsatilgan tovarlar bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi va ekspertiza natijalari shuni tasdiqladiki, lift uchun ehtiyot qismlar Tovarlarni tasniflashning 2-a qoidasiga ko‘ra, tayyor tovar sifatida tasniflanishi ma’lum bo‘ldi.


Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga asosan qiymati 1,1 milliard so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, tovarlarga nisbatan 150 million so‘m miqdorda qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA