Qiyinchilikni yengish insonga zavq uyg‘otadi (+video)
Navoiy viloyati Navbahor tumanining Paxtakor mahallasida yashovchi Shohsanam Xidirova shu paytgacha "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ro‘yxatida turgan edi.
Ijtimoiy xodim tomonidan oila o‘rganilganda Shohsanam Xidirova turmush o‘rtog‘i va o‘zi parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi borligini bildirgan.
Shundan so‘ng, mahalladagi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda Shohsanam Xidirovaga 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Qisqa fursatda Sh.Xidirovaning 200 dona bedana bilan boshlagan faoliyati kengayib, hozirda xonadonida 3 mingga yaqin bedana yetishtirmoqda. Yiliga 60-70 million so‘m daromad topish imkoniyati yaratildi.
Hozirda Shohsanam Xidirova "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lib, faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/10tDmIO8__w" title="Qiyinchilikni yengish insonga zavq uygʻotadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA