Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiyinchiliklar ortidan yengillik keladi
10:10 / 2020-09-01

1991-yildan buyon 1-sentyabr Mustaqillik bayrami sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi.


Mustaqillik Alloh taoloning bizga ato etgan eng ulugʻ neʼmatlaridan biri. Mana shu neʼmat orqali bizga diniy va milliy qadriyatlar, urf-odat, anʼana, maʼrifat, erki oʻz qoʻlida boʻlish kabi imkoniyatlar berilgan. Bu neʼmatlarni hech qachon unutmaslik, qadriga yetish, uni avaylab-asrash, shukr qilish uning bardavom boʻlishi omilidir. Zero, Alloh taolo “Qasamki, agar (bergan neʼmatlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yana-da) ziyoda qilurman” (Ibrohim surasi, 7-oyat), deya marhamat qilib, neʼmatlarga shukr qilishga undamoqda.

1991-yildan buyon 1-sentyabr Mustaqillik bayrami sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizga bayram tabrigi yoʻlladi. Unda bu yil oldimizga qoʻygan maqsadlarimiz va uning natijalari, shu bilan birga yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar qayd etildi.

Jahon miqyosida bugun yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinayotgani keyingi yillarda Oʻzbekistonning taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichga qadam qoʻygani, erishilayotgan yutuqlarimizning eʼtirofi ekanligi taʼkidlandi.

“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, degan daʼvatkor gʻoya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgani, aynan shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni taʼminlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlar qoʻyilayotgani aytib oʻtildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgani, bugungi Oʻzbekiston – kechagi Oʻzbekiston emasligi, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emasligini qayd etib, xalqimizni bugungi murakkab davrda kelajakka ishonch bilan oʻz oldiga qoʻygan maqsad sari dadillik ila qadam tashlashga undadi.

Oʻzbekiston yangi bir uygʻonish davrini boshlamoqda. Mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarish uchun, avvalo, yangi avlod kadrlarni tayyorlash zaruratidan kelib chiqib, yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari, ixtisoslashgan va ijod maktablari barpo etilmoqda. “Zamonaviy maktab” dasturini hayotga tatbiq qilinmoqda.

Har qanday mustaqil davlat mustahkam maʼnaviy poydevorga ega boʻlgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi. Shundan kelib chiqib, bu yil “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” doirasida umumtaʼlim maktablarida birinchi marta “Tarbiya” fani joriy etilmoqda.

Darhaqiqat, har bir kishi jamiyatga munosib boʻlib kamol topmogʻi kerak. Buning uchun mutafakkir olim Yusuf Xos Xojib aytganidek, farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmogʻi shart. Shundagina ularning nooʻrin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi.

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning boy tarixi, imliy, maʼnaviy merosini har tomonlama oʻrganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida keyingi davrda mamlakatimiz Prezidenti bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Ushbu tashabbuslarning zamirida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori mujassam. Shu negizda mamlakatimizda muqaddas dinmizni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini oʻrganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bayram nutqida Prezident Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohalar rivojiga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi jadal davom etayotgani, ushbu majmua xalqimizning asrlar davomida jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasini namoyon etishi, yaqindagina Imom Moturidiy ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish boʻyicha boshlangan saʼy-harkatlar mana shu ishlarning uzviy davomi ekanligi aytildi.

Prezidentmiz Shavkat Mirziyoyevning bayram nutqi dunyo aholisi singari xalqimiz oʻz boshidan kechirayotgan bugungi qiyinchilik davrida barchaga sabr-toqat va bardoshli boʻlish, qiyinchiliklar ortidan albatta yengillik kelishiga ishonch bagʻishladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Zayniddin ESHONQULOV,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining
Samarqand viloyatidagi vakili,
viloyat bosh imom xatibi