Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiyin vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga huquqiy yordam berilmoqda
15:42 / 2021-02-10

Quvasoy shahrida Farg‘ona viloyat sudi va viloyat ma’muriy sudi raislari hamda sudyalari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mahallalarda og‘ir vaziyatga tushib qolgan, ishsiz xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va ularning bandligini ta’minlash doimiy e’tibordagi masaladir. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning aksariyati huquqiy yordamga muhtoj. Xususan, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarning ortiqcha yugur-yugurga, sudma-sud yurishga puli ham, toqati ham yo‘q. Sudlar tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullarda esa ularga huquqiy maslahatlar berib kelinmoqda.

Mazkur uchrashuvda dastlab hududda istiqomat qilib kelayotgan hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sud-huquq sohasiga oid muammolarini o‘rganish va ularni qonunda belgilangan tartibda hal etish mexanizmlari to‘g‘risida takliflar bildirildi. Sayyor qabul davomida xotin-qizlarning 27 nafari sud-huquq, 50 nafari esa ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalarda murojaat qildi. Sud ijrosi va aliment undirish, nikohdan ajratish, uy-joyga egalik qilish, sud qaroridan norozilik masalasi shular jumlasidandir. 3 nafar fuqaroning murojaatiga asosan voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha murojaatlari sud buyrug‘i chiqarish uchun qabul qilindi. 1 nafariga esa pasport olishiga ko‘maklashildi.

 

M.SULAYMONOV,  O‘zA