Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiyin vaziyatda qolgan fuqarolarning vaqtincha yashash joyi sharoitlari o‘rganildi
15:07 / 2021-04-28

Pandemiya sharoitida xorijiy mamlakatlarda og‘ir ahvolga tushib qolgan mehnat migrantlariga yordam berishga qaratilgan #BIRGAMIZ loyihasi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur loyiha doirasida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishini yo‘qotgan yurtdoshlarimizga yangi ish joylarini taklif etish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari sotib olish uchun bir martalik moddiy yordam ajratish hamda vaqtinchalik yashash uchun xostellar bilan ta’minlash imkoniyatlari mavjud.

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari yashash va ish sharoitlarini o‘rganish maqsadida ayni kunlarda Moskva shahrida bo‘lib turgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruhi qiyin vaziyatda qolgan ayrim yurtdoshlarimizning ushbu xostellarda yashash sharoitlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xostelda yashab turgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashilib, ularning muammolari, xostel sharoitlari monitoring qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan uchrashuv davomida ularning keyinchalik ishlash va yashash sharoitlari doimiy nazoratga olinishi, mehnat migrantlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.