Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’amizning ikki terma jamoasi "JCH-2026" uchun qarorgoh tanladi
11:03 / 2026-02-13

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha joriy yilgi Jahon chempionati 11-iyun-19-iyul kunlari AQSH, Kanada hamda Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joizki, tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadigan mundialda jamoalar 4 tadan iborat 12 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Ayni paytda ishtirokchi terma jamoalar musobaqa davomidagi qarorgohlarini belgilash jarayonini davom ettirmoqda. Xususan, Osiyo vakillari orasida Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi asosiy qarorgoh sifatida Ostin shahrini tanladi. Shuningdek, Qatar terma jamoasi Santa Barbara shahrida joylashadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining qarorgohi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialda “K” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya saralash bosqichi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Terma jamoamizning o‘yinlar taqvimi quyidagicha:

17-iyun — O‘zbekiston — Kolumbiya

23-iyun — Portugaliya — O‘zbekiston

27-iyun — Saralash bosqichi g‘olibi — O‘zbekiston

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA