Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’amizning eng kuchli gandbol terma jamoalari Toshkentda jam bo‘ldi
13:58 / 2025-08-20

Toshkentda 19 yoshli qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Unda qit’aning eng kuchli 10 terma jamoasi chempionlik uchun bahs olib bormoqda. Mazkur musobaqada yarim finalga yo‘l olgan jamoalar kelasi yili o‘tkaziladigan U20 jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Gandbol bo‘yicha Osiyo chempionatlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, musobaqaga 1990 yilda asos solingan bo‘lib, shu kunga qadar 17 marotaba tashkil etilgan. Chempionat tarixida Janubiy Koreya terma jamoasi 16 marta qit’a chempioni bo‘lgan yagona jamoa sifatida e’tirof etiladi. Faqat bir marotaba Hindiston qit’a chempioni bo‘lgan.

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan mazkur musobaqada terma jamoamiz “A” guruhidan joy oldi.  

O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlar taqvimi quyidagicha:

1-tur: O‘zbekiston – Hindiston (20 avgust, 18:30)

2-tur: O‘zbekiston – Hong Kong (21 avgust, 18:00)

3-tur: O‘zbekiston – Xitoy Taypeyi (24 avgust, 18:00)

4-tur: O‘zbekiston – Xitoy (25 avgust, 18:00)

Termamiz guruhdagi ilk uchrashuvini bugun Hindistonga qarshi “Alpomish” muz saroyida o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA