Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sermahsul natijaga erishdi
21:28 / 2023-06-06

Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan qit’a chempionatining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sermahsul natijaga erishdi.

Bugun, 6 iyun kungi bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, 1.84 m.) Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 m.), Dilshoda Usmonova (stipl-chez, 10:22.402), O‘g‘iloy Norboyeva (ko‘pkurash, 5130 ochko) o‘z yo‘nalishlarida oltin medallarni qo‘lga kiritib, vatanimiz sport shuhratini ulug‘ladi. Shuningdek, Nodir Norboyev (6956 ochko) hamda Samandar Mahmudov (6840) shiddatli bahslar natijasida kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Ortda qolgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz jamg‘argan medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda. Ushbu natija O‘zbekiston yengil atletikachilarini medallar jamg‘arishda Yaponiya, Xitoy va Hindiston terma jamoalari qatoriga yaqinlashtirdi.  

 T. Ro‘ziyev, O‘zA