French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’a chempionatida munosib natijaga erishgan og‘ir atletikachilarimiz kutib olindi
20:29 / 2023-05-15

Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.

"Parij – 2024" Olimpiadasining muhim reyting ochkolarini taqdim etgan qit’a chempionatida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida ishtirok etgan yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, sportchilarning ota-onalari chempionatning ahamiyati, unda iste’dodli sportchilarimiz Ruslan Nuruddinov,  Rigina Adashbayeva, Tursunoy Jabborova, Akbar Jo‘rayev va Ruslan Jangaboyev ko‘rsatgan natijalar e’tiborli bo‘lganligini ta’kidlashdi.  

O‘zA