French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’a chempionatida bronza medaliga ega chiqqan futzalchilarimiz tantanali kutib olindi
10:53 / 2022-10-10

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Quvaytda o‘tgan qit’a chempionatida zafar quchgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi tantanali kutib olindi.

Aytish joiz, Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur chempionatda Yaponiyaga qarshi turnirdagi eng qiyin bahsini o‘tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Tailandni 8:2 hisobida taslim etdi. Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqishi o‘zbek futzalining alohida yutug‘i bo‘ldi, deyish mumkin.

O‘z tarixida beshinchi bor Osiyo chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz qit’a chempionatida tashkilotchilar tomonidan "Fair play" sovriniga loyiq ko‘rildi.

O‘zA