Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’a chempionati omadli boshlandi, 4 nafar sportchimiz finalda
15:53 / 2022-02-24

Bugun 24 fevral kuni poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport majmuasida boshlangan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Joriy yilning 4 martiga qadar davom etadigan musobaqada qit’adagi 20 dan ziyod davlatlarning eng sara yosh qilichbozlari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Chempionatning birinchi kun dasturidan o‘rin olgan bahslar davomida 4 nafar hamyurtimiz chempionat finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi rapira bahslarida hamyurtimiz Marjona Usmonova eron va gonkonglik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oltin medal uchun u tailandlik raqibiga qarshi maydonga chiqadi.

Sablyachi yigitlarimizdan Allaniyaz Eshchanov hamda Islambek Abdazov o‘z guruhlarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalda oltin medal uchun kurashadigan bo‘lishdi.

Shuningdek, chempionlik yo‘lida ishonchli harakat qilayotgan shpagachimiz Meyirxan Timurov ham o‘z jangini kutib turibdi.

U finalda qozog‘istonlik Bogdan Lukin bilan 1-o‘rin  uchun kurashadi.

O‘zA