English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishning chillasida ham dasturxonlarni bezaydigan Andarxon qovunlari
12:27 / 2023-10-07

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yetishtiriladigan Andarxon qovunlari tumanning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan. Polizchilik azaldan tumanning “Andarxon” va “Sobirtepa” MFY aholisining daromad manbai bo‘lib, ushbu hududlar aholisining 70 foizga yaqini qovunchilik bilan shug‘ullanadi.

Omilkorlar qovun serhosil bo‘ladigan ekin maydonlarini tanlashdan tortib, yetishtirilgan hosilni uzoq muddat, hatto, kelgusi yilning fevral oyiga qadar saqlashgacha bo‘lgan jarayonlarning hadisini olgan. Shu bois, yurtimizning barcha hududlaridagi bozorlarda Beshariq qovunlarini nafaqat yoz va kuz fasllarida, hatto, qishning chillasida ham sotib olish imkoniyati bor. 

– Hududda 350 ga yaqin xonadon a’zolari bir yilda 700 gektarga yaqin ekin maydonida qovun yetishtiradi, – deydi “Andarxon” MFY hokim yordamchisi Avazbek Abdurahmonov. – Bir gektar poliz maydonidan o‘rtacha 5000 donagacha sara qovun olinadi. Bu bir yilda dehqonlarimiz 3 million 500 dona qovun yetishtiradi, degani. Ayni kunda bir dona qovunning narxi kamida 15 ming so‘m deb olsak, qovunchilik ortidan mahallamizga bir necha milliard so‘m daromad kelayotgani oydinlashadi. 

[gallery-13893]

– Bu yil 40 gektar yerga yozgi, 5 gektar yerga kechki qovun ekdik, – deb gapni davom ettiradi Beshariqning yana bir qovunchilikka ixtisoslashgan “Sobirtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Akmaljon Rahmonov. – Yozgi hosildan 300-400 million so‘m daromad qildik. Ayni kunlarda 5 gektar yerga ekilgan kechki hosilimizni qovunxonalarimizga joylashtiryapmiz. Nasib qilsa, 20 ming dona sara qovunni yangi yil arafasida elimiz dasturxoniga taqdim qilamiz.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Q4bJahHXRuM" title="Қишнинг чилласида ҳам дастурхонларни безайдиган Андархон қовунлари" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon Qodirov olgan suratlar