Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqlarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilyapti
15:09 / 2024-03-05

Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, elektr ta’minotidagi cheklovlar asosan kunning tig‘iz vaqtlarida joriy qilinmoqda. Deylik, 4-mart kungi cheklov 800 MVtgacha yetkazilgan.

Bir kunlik ishlab chiqarish va ta’minot tahliliga ko‘ra, 240,7 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan va shundan 227,8 million kilovatt soati iste’molchiga yetkazib berilgan. Turkmaniston Respublikasidan 19,8 million kilovatt soat elektr energiyasi import qilingan. Tabiiy gaz iste’moli 147,1 million metr kubni tashkil etgan.  

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda vazirlik axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev 4-mart kuni tizimda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.  

Unga ko‘ra, vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda tuzilgan shtablar 24 soatlik navbatchilik rejimi asosida ishlayapti.  

–Respublika hududlari bo‘ylab qishning sovuq kunlarida iste’molning ko‘payishi tufayli elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelayotgan nosozliklar ham tezkor bartaraf etib borilmoqda. Kecha mamlakatimiz bo‘ylab elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 8 ta, gaz ta’minotida yuzaga kelgan 3 ta nosozlik bartaraf qilindi. Elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 492 ta murojaat kelib tushdi va barchasi maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi. Tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan 292 ta murojaat bo‘yicha ham tegishli tartibda tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi, – dedi u.  

Ta’kidlash kerakki, qish kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tuzilgan maxsus brigadalarning 7 ming 300 nafardan ortiq ishchi-xodimi tun-u kun ishlab, joylarda muammolarni zudlik bilan bartaraf etmoqda.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA