Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish ustida ish olib borilmoqda
23:26 / 2020-08-25

Adliya vaziri R.Davletov eng ilgʻor xalqaro tajribani joriy etish orqali davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini qaytadan koʻrib chiqish lozimligini qayd etdi.

Adliya vazirligida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Davlat xizmatlari agentligining Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi hamkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Aytish kerakki, Oʻzbekistonda davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholining ishonchini qozonish uchun tizim texnik salohiyati kuchaytirilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan loyiha doirasida qilinishi kerak boʻlgan ishlar esa hali koʻp. Shu nuqtayi nazarda loyihaning amalga oshirilishi tanqidiy koʻrib chiqildi.

Adliya vaziri R.Davletov eng ilgʻor xalqaro tajribani joriy etish orqali davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini qaytadan koʻrib chiqish lozimligini qayd etdi.

Norma ijodkorligi jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish, davlat xizmatlari markazlarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek mazkur sohalardagi xorijiy tajribani oʻrganishga urgʻu bergan holda ikki tomonlama hamkorlikning qator dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikdagi ishlarni yana-da muvofiqlashtirish hamda oʻzaro muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.