English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqda zamonaviy korxona: 200 dan ortiq kishi ishli boʻldi
12:46 / 2018-11-06

PRЕZIDЕNT TASHRIFIDAN SOʻNG... Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Zarabogʻ” qishloq fuqarolar yigʻini hududida “Komfort Inert Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatining granit va gabbro toshlari qazib olish va qayta ishlash korxonasi ish boshladi.


Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Zarabogʻ” qishloq fuqarolar yigʻini hududida “Komfort Inert Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatining granit va gabbro toshlari qazib olish va qayta ishlash korxonasi ish boshladi.

Korxona ochilishiga bagʻishlangan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, ishchi-xizmatchilar, yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11 fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida mazkur loyiha bilan tanishgan, uni takomillashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar bergan edi. Shunga muvofiq, korxona zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlandi va noyob pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Qiymati 2,5 million dollar boʻlgan asbob-uskunalar bir yilda 300 ming kvadrat-metr granit va gabbro toshlarini qazib olish hamda qayta ishlash quvvatiga ega.

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimizga yiliga oʻrtacha 305 ming tonnadan ortiq granit va tabiiy tosh mahsulotlari import qilinadi. Sherobod tumanidagi Kampirtepa granit va gabbro koni oʻrganilganida 2 million kub-metrdan ziyod toʻrt xil tosh borligi aniqlandi. Uni oʻzlashtirish natijasida 3,6 million dollarlik valyuta tejalib, byudjetga qoʻshimcha 2,1 milliard soʻm toʻlov manbai yaratildi. Viloyat sanoatida 12 milliard soʻmlik qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yuzaga keldi. Togʻli hududda yangi ish oʻrinlari barpo etildi. Bunday ulkan ishni ruyobga chiqarish uchun sobiq “Kampirtepa granit marmar” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bino va inshootlar ikki yilda 15 milliard soʻmlik investitsiya kiritish sharti bilan “Komfort Inert Servis” MCHJga “nol” qiymatda berilgan edi.

17.jpg

25.jpg

– Korxonani qurib, ishga tushirish uchun 5 million 100 ming dollar mablagʻ sarflandi, – deydi “Komfort Inert Servis” MCHJ taʼsischisi B.Qodirov. – Bunda tashlandiq 5 gektar yer maydoni va boʻsh turgan binolar “nol” qiymatda berilgani tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash jarayonini tezlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Maʼmuriy bino, ishchilar oshxonasi va boshqa infratuzilma inshootlari qurildi. Eski inshootlar tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy uskunalar oʻrnatildi. Karyerga chiqish yoʻli barpo etilib, elektrlashtirildi. Suv tarmogʻi bunyod etildi. Zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlanib, internet tarmogʻiga ulandi. Bu ishlarni tez va sifatli amalga oshirish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo mintaqaviy filiali tomonidan 2,2 million dollar miqdorida kredit mablagʻi ajratildi.

Chekka qishloqda qad rostlagan korxonada 200 dan ortiq kishi ish bilan taʼminlandi. Ularning koʻpchiligi yoshlardir.

26.jpg

32.jpg

– Sherobod iqtisodiyot kasb-hunar kollejini bitirganman, – deydi yosh mutaxassis Xudoyqul Quvondiqov. – Oʻzimga munosib ish izlab yurgandim. Qishlogʻimizga yaqin hududda barpo etilgan shu korxonaga operator boʻlib ishga joylashdim. Bu yerga oʻrnatilgan asbob-uskunalar zamonaviy kompyuter yordamida boshqariladi. Bizning unumli mehnat qilishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan.

Zamonaviy xorij dastgohlari yordamida ishlab chiqarilayotgan tayyor materiallar mamlakatimizda barpo etilayotgan qurilish inshootlariga yetkazib beriladi. Mahalliy ehtiyojdan ortiq qismi xorijga eksport qilinadi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Poʻlatov soʻzga chiqdi.