Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqda yangi korxona
15:49 / 2014-07-29

Uchqo‘rg‘on tumanidagi Hamza qishlog‘ida polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yulduzli oltin qop” sho‘ba korxonasi ish boshladi.

Uchqo‘rg‘on tumanidagi Hamza qishlog‘ida polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yulduzli oltin qop” sho‘ba korxonasi ish boshladi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasida Namangan viloyatida ham import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar safi tobora kengayib bormoqda. Bunday korxonalarning aksariyati qishloq joylarda barpo etilayotgani yanada e’tiborlidir.

Tumandagi “Qo‘g‘ayta’mirlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida tashkil etilgan mazkur korxona yiliga besh million dona polipropilen qop tayyorlash quvvatiga ega. Loyihani amaliyotga joriy etish uchun 247,4 ming AQSh dollariga teng investitsiya yo‘naltirildi. Uning 175 ming dollari “Agrobank” krediti hisobidan qoplandi.

– Joriy yil g‘alla mavsumi arafasida “Namangandonmahsulotlari” hissadorlik jamiyatidan dastlabki buyurtmani qabul qildik, – deydi korxona rahbari O‘.Hasanov. – Hozirgi kunda 468 million so‘m qiymatga ega ushbu shartnoma ijrosini nihoyasiga yetkazmoqdamiz.

Yangi quvvatlarni o‘zlashtirayotgan “Yulduzli oltin qop” mehnat jamoasi o‘z mahsulotini eksport qilish harakatida. Ayni kunlarda bir qator xorijlik hamkorlar bilan shartnomalar tuzish ustida ish olib borilmoqda.

Korxonada o‘ttizdan ziyod yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.