Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqda qo‘shaloq bayram
15:46 / 2022-08-01

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” ovul fuqarolar yig‘ini 6-bo‘limida istiqomat qilayotgan, 1956 yilda tug‘ilgan Yuldashboy og‘a Ibragimov uchun “Xalqlar do‘stligi kuni” qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Yuldashboy og‘a 20-30 yillardan buyon yolg‘iz o‘zi eski o‘yda yashab kelayotgan edi. Hududdagi 6-bo‘lim ko‘cha boshchisi Gapbar og‘a Arazov, mahalla faoli Nursoltan Xalliyeva hamda “Sapa” studiyasining jonkuyar yigitlari boshchiligida mahallaning saxovatpesha insonlarining, ayniqsa, musofir yurtlarda ishlayotgan yoshlarimizning beminnat yordami bilan 3 xonali imorat qurib berildi. “Xalqlar do‘stligi kuni” bayrami hovli to‘yiga ulanib ketdi.

Shunday mard, saxovatpesha insonlar bor ekan hayotda qiynalgan insonlar e’tibordan chetda qolmaydi. “Kaltaminor” ovul fuqarolar yig‘inida turkman, o‘zbek, qozoq va qoraqalpoq millati vakillari ahil-inoq bo‘lib yashaydi. Ovuldoshlar bilan o‘tkazilgan imorat to‘yi ham ahillikning yana bir namunasi. Agar og‘zibirchilik bo‘lsa hech qanday qora niyatlar oraga kira olmaydi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, eng katta boyligimiz tinchligimizdir. 

Dovud Abibullayev, O‘zA