Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqda elektr ta’minotidagi uzilish zudlik bilan bartaraf etildi
06:05 / 2022-02-03

FOTOREPORTAJ

Qish faslida elektr energiyasi ta’minotiga iste’molchilarning ehtiyoji har qachongidan ortadi. Tabiiyki, bu soha mutaxassislaridan o‘z ishlariga yanada mas’uliyat bilan yondashishni, aholi xonadonlari, iqtisodiyot korxonalari va ijtimoiy soha inshootlarini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashni taqozo etadi.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Padang qishlog‘i tog‘oldi hududlardan. Ayni qishki sovuq kunlar tufayli elektr yuklamasining ortishi natijasida mazkur hududda sodir bo‘lgan uzilish avariya qutqaruv brigadasiga zudlik bilan ta’minotni tiklash zaruriyatini tug‘dirdi. O‘n nafar ishchi-xodim avariyani bartaraf etishga kirishdi. "Olmazor" nimstansiyasi 110/35/10 kv Fider-3 tarmog‘idagi uzilish tiklanib, tarmoqqa kuchlanish berildi. Natijada, tog‘li hudud aholisi xonadonlari elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

[gallery-5631]

Darvoqe, bugungi kunimizni elektr energiyasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Nafaqat, yirik, megapolist shaharlar, balki, eng olis qishloqlarda ham "chiroq" o‘chishi jamiyat hayotiga o‘z "ta’sirini" o‘tkazmay qolmaydi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Surxondaryo viloyati markazidan 140 km uzoqlikda joylashgan tog‘li Boysun tumanining olis va yaqin hududlarida elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, joriy va mukammal ta’mirlash ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021 yilda 20 ta transformator, 200 donadan ziyod temir beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, 86 km. havo elektr tarmog‘i qurildi. Bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA