Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq yoshlari uchun kasb-hunar maktabi
17:55 / 2020-10-14

Jizzax viloyatidagi Forish maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji negizida kasb-hunar maktabi tashkil etildi.


Jizzax viloyatidagi Forish maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji negizida kasb-hunar maktabi tashkil etildi.

Viloyatning eng olis hududidagi yoshlarga hunar oʻrgatish orqali ularning bandligini taʼminlash uchun bunday muassasa juda zarur edi. Ayni kunda kasb-hunar maktabiga 5 ta yoʻnalish boʻyicha 196 nafar 9-sinfni bitirgan yoshlar oʻqishga qabul qilindi.

Oʻquvchilarga ikki yil davomida avtomobillarni harakat qismlariga xizmat koʻrsatish chilangari, oʻrmonchilik va koʻkalamzorlashtirish laboranti, qishloq xoʻjalik texnikalarini taʼmirlash chilangari, tikuvchilik hamda oʻsimliklar himoyasi laboranti kasblari oʻrgatiladi.

Shu maqsadda sobiq kasb-hunar kolleji binosi va sinfxonalar qayta taʼmirlanib, yangi oʻquv dastgohlari, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlandi. Maktabda barcha qulayliklarga ega oʻquvchilar yotoqxonasi, oshxonasi bor. Axborot resurs markazi va sport zal faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Bir vaqtlar bunday kasb-hunar maktablarining nufuzi ancha baland boʻlgan. Hozir ham kasb-hunar maktablariga barcha tumanlarda yetarli ehtiyoj ham, imkoniyat ham katta. Eng muhimi, sobiq kollejlarning boʻsh turgan binolari bor.