French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq yoshlari stol tennisida bahslashdi
11:18 / 2022-11-09

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan chekka qishloqlardagi yoshlarni ommaviy sport turlariga jalb etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan stol tennisi bo‘yicha “Mahalla kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Tuman Sportni rivojlantirish bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan  birgalikda qabul qilingan qo‘shma qaror asosida tashkil etilgan musobaqada 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘smir yoshlar va qizlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqada Boy ovul mahallasi jamoasi a’zolari Dilshodbek Bozorboyev va Iroda Qurbonboyevalar birinchi o‘rinni egallab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.

G‘olib va sovrinli o‘rin egalariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri